Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qariyb 20 mlrd so‘m budjet pullari talon-toroj qilindi

Toshkentda qariyb 20 mlrd so‘m budjet pullari talon-toroj qilindi

Foto: Yuz.uz

Toshkent shahrida 19,9 mlrd so‘mlik budjet mablag‘ining talon-toroji fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi, unda «Hududgazta’minot» AJ va «Texnopark» MChJning mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirgani aniqlandi.  Ular go‘yoki elektron gaz hisoblagichlariga texnik xizmat ko‘rsatish maqsadida 19 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shuningdek,«Texnopark» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan va «Hududgazta’minot» AJ tomonidan iste’molchilarga o‘rnatilgan 273 dona gaz hisoblagich ko‘rsatkichlarining kam hisoblanganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 861,1 mln so‘mlik zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring