Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi School 21 o‘z faoliyatining bir yilligini nishonladi

Toshkentdagi School 21 o‘z faoliyatining bir yilligini nishonladi

Joriy yilning 2 oktyabr sanasida Toshkent shahridagi School 21 raqamli texnologiyalar maktabi tashkil topganligining bir yilligi keng nishonlandi. O‘tgan bir yil mobaynida minglab insonlar o‘zlarini IT sohasida bepul sinab ko‘rishga erishdilar, ular uchun maktab yangi kasb va yangi imkoniyatlar uchun haqiqiy portalga aylandi. Aynan shuning uchun bayram «IT olamiga portal» konsepsiyasi ostida o‘tib, maktab ishtirokchilari, Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari, mahalliy va xalqaro kompaniyalar hamkorlari, shuningdek, School 21 do‘stlarini birlashtirdi.

Marosimda maktab jamoasi yil yakunini sarhisob qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu davrda kampusga 45 mingdan ortiq ariza kelib tushgan, 5000 dan ortiq kishi saralash intensivlari - «hovuz»dan o‘tgan. Maktab tashqi tadbirlarda faol ishtirok etish bilan birga, o‘z ideatonlari, xakatonlari va mahorat darslarini o‘tkazdi. Joriy yilda Toshkent kampusida robototexnika laboratoriyasi ishga tushirildi, unda ishtirokchilar yangi texnologik yechimlarni yaratish va sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishadi, laboratoriya bazasida esa Launch Lab 21 talabalar loyihalari akseleratori ishga tushirilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, o‘tgan vaqt mobaynida hamkor kompaniya va OTM lar soni 80 nafarga yetdi, o‘nlab ishtirokchilar milliy va xalqaro tashkilotlarda dastlabki amaliyotlarini o‘tashni boshlashdi - bu ko‘pchilik uchun kelajak kasbi sari qo‘yilgan ishonchli qadam bo‘ldi. Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar bugungi kunda rivojlantirayotgan startaplari haqidagi taqdimot bilan sahnaga chiqishdii. Ular orasida bolalar uchun «Step to the moon» onlayn ta’lim platformasi, jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilish va uy hayvonlarini izlashga mo‘ljallangan «PetLink» ilovasi, ma’ruzachilarning taqdimotlari va transkripsiyalarini turli tillarga tarjima qilish uchun «MultiTarj» xizmati va boshqalar mavjud.

Zarina Luxmanova, School 21 ijrochi direktori:

«School 21 - bu maktabni qo‘llab-quvvatlaydigan va uning missiyasiga ishonadigan barcha xodimlar, ishtirokchilar va hamkorlardan iborat katta jamoadir. Ushbu jamoa bilan birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli bugun haqiqiy natijalarni ko‘rmoqdamiz: o‘n minglab arizalar, yangi loyihalar, amaliyotlar va ishtirokchilar yutuqlari shular jumlasidandir. Shularni inobatga olib, bugun biz tashabbuslarni birgalikda amalga oshirayotgan hamkorlarimizga minnatdorchilik bildirdik va oltita nominatsiya bo‘yicha eng shijoatli ishtirokchilarni taqdirladik. Bu barchaning sa’y-harakatlari behuda emasligi va birgalikda yanada ko‘proq narsaga qodir ekanligimizning isbotidir».

Bayramning asosiy qismi maktab ekotizimini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shayotgan School 21 hamkorlariga mukofotlar topshirish, shuningdek, klub yetakchilari, volontyorlar, ambassadorlar, loyiha yaratuvchilar, eng faol va intiluvchan ishtirokchilarni taqdirlashdan iborat bo‘ldi.

Zulfizar Maxkamova, «Yil piri» nominatsiyasi g‘olibi:

«To‘g‘risini aytsam, maktab mukofotining bosh nominatsiyasini qo‘lga kiritaman deb o‘ylamagandim, chunki School 21da bilimli, shijoatli va yorqin ishtirokchilar juda ko‘p. O‘ylashimcha, ishtirokchilar mening faolligimga ovoz berishdi, chunki men volontyorlik loyihalarida, tadbirlarda ishtirok etyapman, qolaversa, hozirda traybmasterlik vazifasini bajaryapman».

Tushlikdan so‘ng barcha xohishiga qarab o‘zini turli o‘yinlar va do‘stona turnirlarda sinab ko‘rish, raqsga tushish, qo‘shiq aytish, mahorat darslarida qatnashish, kampus klublari bilan tanishish va sport dasturlash bo‘yicha bellashish imkoniga ega bo‘lishdi. Kun asosiy ta’lim ishtirokchilari o‘rtasidagi jamoaviy turnir, bayram torti va DJ bilan yakunlandi.

Dilshodbek Sarimsoqov, asosiy ta’lim ishtirokchisi, robototexnika klubi yetakchisi:

«Bayram maroqli lahzalarga boy bo‘ldi, chunki turli tadbirlar, loyihalar va insonlar bir yerga jamlangan! Bizning robototexnika klubimiz a’zolari mehmonlarga klubimizda yig‘ilgan robotlarni namoyish etishdi. Ular orasida itlar, kamerali va kamerasiz mashinalar va boshqalarni ko‘rish mumkin. Biz uchun bu yutuqlarimiz bilan o‘rtoqlashish, tadbir ishtirokchilarini muhandislik va robototexnika sohasida o‘zlarini sinab ko‘rishga ilhomlantirish imkonini berdi».

Toshkentdagi School 21 maktabi tashkil topganligining bir yilligi bilim, birdamlik va yangi imkoniyatlar bayramiga aylandi. Ushbu kun maktabning IT kompaniyalari, jamoalar, sohada karera qurayotganlar uchun e’tiborga molik markazga va O‘zbekiston raqamli ekotizimining muhim vositasiga aylanganini yana bir karra namoyon etdi.

School 21 a’zosi bo‘lishni va IT sohasida o‘z kuchini sinab ko‘rishni istaganlarni saralash «hovuzi»ga taklif qilamiz. Uning eng yaxshi ishtirokchilari xohishlariga qarab, o‘rtacha 9 oydan 2 yilgacha davom etadigan asosiy ta’lim bosqichiga qabul qilinadi.

Navbatdagi saralash «hovuzlari» sanalari:

Toshkent – ​​10 noyabr, arizalar 5 noyabrgacha qabul qilinadi

Samarqand – 10 noyabr, arizalar 5 noyabrgacha qabul qilinadi

21-school.uz havolasi orqali o‘qish uchun ariza topshirish mumkin.

Samarqand
📧 samarkand@21-school.uz
📞 +998930394442
📍 Samarqand, Ibn Sino ko‘chasi, 17a

Toshkent
📧 tashkent@21-school.uz
📞 +998 93 039 4447
📍 Toshkent, Ziyolilar ko‘chasi, 13

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring