Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘onistondagi 7 ballli zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Afg‘onistondagi 7 ballli zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Afg‘onistonda yuz bergan yer silkinishi O‘zbekiston viloyatlarida sezildi: Surxondaryoda — 5 ball, Qashqadaryoda — 3−4 ball, qolgan hududlarda — 2−3 ball atrofida.

3 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:29 da Afg‘onistonning Samangon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi, uning kuchi O‘zbekistonda ham sezildi, deb xabar qildi FVVning Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Epimarkazdagi silkinish kuchi 7 ballga baholanmoqda. Magnitudasi 6,8, markaz 30 km chuqurlikda joylashgan.

Zilzila O‘zbekistonda quyidagicha sezildi:

Surxondaryo viloyatida 5 ball, zilzila o‘chog‘idan 90 km uzoqlikda;
Qashqadaryo viloyatida 3−4 ball, 302 km;
Samarqand viloyatida 3 ball, 358 km;
Jizzax viloyatida 3 ball, 410 km;
Navoiy viloyatida 3 ball, 444 km;
Buxoro viloyatida 3 ball, 451 km;
Sirdaryo viloyatida 3 ball, 464 km;
Toshkent shahrida 2−3 ball, 557 km;
Farg‘ona viloyatida 2−3 ball, 579 km.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring