Xorazmda 1,6 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlari qo‘lga olindi
Xorazm viloyatida 1,6 mlrd so‘mlik elektron tamaki mahsulotlarini savdoga chiqarilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda "H.P." MChJ do‘koni sotuvchisi xaridorga xorijda ishlab chiqarilgan 3 dona elektron tamaki mahsulotini 800 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, Urganch shahri, “Islomobod” MFY hududidagi xonadondan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 32 turdagi jami 8 405 dona elektron tamaki, nikotinli yostiqchalar va nikotinli suyuqliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter