Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana peshlavhalarda o‘sha: «Barber Satana», «Diablo» – «Shayton sartarosh»dan, «Iblis»gacha...

Yana peshlavhalarda o‘sha: «Barber Satana», «Diablo» – «Shayton sartarosh»dan, «Iblis»gacha...

foto: internet, ochiq manba

Ona tilimizni bayram sifatida nishonlashni faqat maktab va rasmiy idoralarda emas, ko‘chalardan boshlasak yaxshi bo‘lardi, shaxsiy fikrim...

Sekin tuman markazidan piyoda ketdim...

Millatdoshlarimiz yashaydigan tumanda yo‘l-yo‘lakay rang-barang peshlavhalardagi yozuvlarga ko‘zim tushdi:  

«Sam Moyka», «Santexnika», «Salon krasoti», «Orgtexnika», «Remont telefonov», «Znayka», «Umnichka», «Kruglosutochnaya Apteka», «Razval Shini», «Vulkanizatsiya dlya avto», «Texosmort», «Mi otkrilis», «SuperMarket», «Spa salon», «AdusamadCity»…

Piyodalar yo‘lagidan o‘tayapman, inglizcha yozilgan Barbershoplar yorqin nur sochadi, yana bir nimalarni yozishganki, tiling qiyshayadi...

Shumi ona tilimizga bo‘lgan hurmat...

Do‘konlar eshigida «OPEN», «Otkrito» yozuvli peshlavhani o‘qib tumanimizda faqat sayyohlar yuribdimikan, deb o‘ylab qoldim.

Oddiy tumanchamdan chiqib shahar tomonga o‘tsam, yo‘lning ikki tomoni rus va inglizcha nomlangan ming xil yozuvli peshlavhalar bilan to‘la, shumi tilga bo‘lgan hurmat...

Yig‘lab yuboradigan joyi ruscha so‘zni lotin yozuvida yozib qo‘yishlari...

Imlo xatolari g‘ij g‘ij...

Firmalar, do‘konlar nomini kim o‘ylab topadi, har bir tadbirkor korxonasiga qo‘yayotgan nomning tarjimasini biladimi, nima deb nomlanishini, ma’nosi nima ekanligini-chi?

Bir sartaroshxonaga «Barber Satana» sartarosh shayton yana biriga «Diablo» ispan tilida iblis deb katta qilib yozib qo‘yibdi, bunisiga nima deysiz?

Kimdir bormi, buni tekshirib, e bunaqa bo‘lmaydi deydigan, yo‘q, faqat maktabda, bog‘chada, kutubxonada, madaniyat saroyida bir kun bayram bo‘ladi, 30 yildan beri o‘zgarmaydigan ssenariy takrorlanadi... shu bilan biz ona tilimizga bo‘lgan hurmatni oqlab qo‘ydik go‘yoki.

Ochig‘i na oliy ma’lumotliman, na til bo‘yicha mutaxassisman, lekin peshlavhalarda o‘z o‘rniga ega bo‘lmagan ona tilim uchun yig‘lagim keladi...

Anavi har bir shaharning markaziga o‘rnatilgan «I love you ... city»,  degan yozuvlarni bolta bilan mayda-mayda qilgim keladi, rosti...

O‘zbek tilini o‘zimiz hurmat qilmas ekanmiz, boshqa millat kelib bizga o‘rgatib ketmaydi...

Abdulla Oripov aytganidek, to‘tiqush bo‘lib qolishdan Xudo asrasin...

Mansurjon Xo‘jayev facebook sahifasidan olindi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring