Zelenskiy Vashingtonga boradi

Vashingtonda Tramp va Zelenskiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Financial Times nashrining manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSh prezidenti 17-oktyabr, juma kuni Vashingtonda Ukraina yetakchisini qabul qilishi kutilmoqda.
Uchrashuv haqidagi xabarni Ukraina prezidenti ham tasdiqlab, juma kuni Donald Tramp bilan uchrashishini va «bir qator masalalar»ni muhokama qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Axios nashrining o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, ikki davlat rahbari kutilayotgan uchrashuvda Ukrainaga qanday qurollar yetkazib berish masalasi, jumladan, uzoq masofali Tomahawk raketalarini jo‘natish ehtimolini muhokama qilishadi.
«Telefon orqali muhokama qilib bo‘lmaydigan ayrim masalalar bor», – deyiladi, nashr xabarida.
Bundan tashqari, Zelenskiy mudofaa hamda energetika kompaniyalari rahbarlari va ehtimol amerikalik senatorlar hamda kongressmenlar bilan bir nechta muhim uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.
Zelenskiyga ko‘ra, mamlakat delegatsiyasi allaqachon AQShga yo‘l olgan. Delegatsiyadan bosh vazir Yuliya Sviridenko, Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov hamda diplomatik korpusning bir necha vakillari o‘rin olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter