Ertaga Farg‘ona tinchlik forumining birinchi yig‘ilishi boshlanadi

Ertaga Farg‘ona shahrida Farg‘ona tinchlik forumining birinchi yig‘ilishi boshlanadi.
Ikki kun davom etadigan anjumanda Markaziy Osiyo, MDH, Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlaridan 300 dan ortiq ishtirokchi keladi.
Forumning asosiy maqsadi muloqot, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash hamda Farg‘ona vodiysini rivojlantirish uchun doimiy platforma yaratishdan iborat.
Tadbir Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Progressiv islohotlar markazi, YXHT, Tinchlikni barpo etish xabi va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar hamkorligida, shuningdek, BMT va YeI ko‘magida o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter