Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Serbiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi: tafsilotlar

Shavkat Mirziyoyev Serbiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi: tafsilotlar

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-may kuni tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Serbiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Marko Jurichni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni 2025-yil oktyabr oyida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Hukumatlar, parlamentlar, ishbilarmon doiralar darajasidagi muloqotlar faollashgani, gumanitar almashinuv kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo sanoati, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa ko‘plab muhim tarmoqlarda keng ko‘lamli kooperatsiya dasturini tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Hamkorlikning iqtisodiy kun tartibini ilgari surish maqsadida joriy yilda Belgrad shahrida Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi.

Uyushgan mehnat migratsiyasi, madaniyat va ta’lim sohalaridagi sheriklik masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini muhokama qildilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring