Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fabio Kannavaroning O‘zbekiston terma jamoasidagi maoshi ma’lum bo‘ldi

Fabio Kannavaroning O‘zbekiston terma jamoasidagi maoshi ma’lum bo‘ldi

Foto: Global Look Press

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi deb e’lon qilinishi kutilayotgan Fabio Kannavaro yiliga 3,5-4 mln yevro atrofida maosh oladi, deb xabar berdi «Sport-Ekspress» kelishuvga yaqin manbaga asoslanib.

Bunga uning murabbiylar shtabi xarajatlari ham kiradi.

Nashr qayd etishicha, shartnoma tuzilsa, 52 yoshli Kannavaro terma jamoa murabbiyi sifatida jahondagi eng ko‘p maosh oluvchi to‘rtinchi mutaxassisga aylanadi. Eng ko‘p maosh oluvchilar uchligi Karlo Anchelotti (Braziliya terma jamoasi), Tomas Tuxel (Angliya) va Yulian Nagelsman (Germaniya).

Kannavaro O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan bir yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Milliy jamoa JCh-2026da muvaffaqiyatli ishtirok etsa, Fabio Yevropaga qaytishi yoki O‘zbekiston bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring