Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston kurashchilari Osiyo yoshlar o‘yinlarida 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi

O‘zbekiston kurashchilari Osiyo yoshlar o‘yinlarida 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo yoshlar o‘yinlarini g‘alaba bilan boshladi — kurashchilar Otabek Yo‘ldoshboyev va Durdona Tursunova finalda oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar o‘yinlarini muvaffaqiyatli boshladi — kurash dasturida ishtirok etayotgan Otabek Yo‘ldoshboyev (-65 kg) va Durdona Tursunova (-70 kg) oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Tursunova finalda Qirg‘iziston Respublikasi, Yo‘ldoshboyev esa Eron vakilini ishonchli hisoblarda mag‘lub etdi.

Eslatib o‘tamiz, III Osiyo yoshlar o‘yinlari 2025 yil 20 oktyabrdan 2 noyabrgacha Bahraynda bo‘lib o‘tmoqda va unda Osiyoning 40 tadan ortiq mamlakati sportchilari 20 tadan ziyod yo‘nalish bo‘yicha bellashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring