O‘zbekistonda IV Osiyo yoshlar o‘yinlari o‘tkaziladi
Bahraynda o‘tkazilgan Osiyo Olimpiya Kengashining 101-Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida Toshkent 2029 yilgi IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qilishi haqida qaror qabul qilindi.
Bu haqda III Osiyo yoshlar o‘yinlarining tantanali yopilish marosimida rasman e’lon qilingan.
Shu tariqa, O‘zbekiston yana 4 yildan keyin qit’aning eng kuchli yosh sportchilarini o‘zida jamlaydi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi Bahraynda yakuniga yetgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarini 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza, jami 81 ta medal bilan tugatdi va umumjamoa hisobida Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinni egallashdi.
Taqqoslash uchun, delegatsiyamiz I Osiyo yoshlar o‘yinlarida 3 ta bronza, II O‘yinlarda esa 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter