Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saloh Misrning Afrika kubogidagi imkoniyatini baholadi

Saloh Misrning Afrika kubogidagi imkoniyatini baholadi

Misr terma jamoasi sardori Muhammad Saloh jamoasining Afrika kubogidagi imkoniyatlar haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, biz favorit emasmiz. Jamoamizda yosh futbolchilar ko‘p va ularning aksariyati Misr chempionatida o‘ynaydi. Biz shunchaki yurtimiz uchun kurashyapmiz, qanchalik uzoqqa borishimizni esa vaqt ko‘rsatadi.

Bu yerda har bir futbolchi o‘zini eng yaxshi tomondan ko‘rsatishni xohlaydi. Endi oson o‘yinlar qolmadi jamoalar darajasi juda yaqin. Yigitlarga endi 0:4 yoki 0:5 kabi yirik hisobdagi mag‘lubiyatlarni deyarli ko‘rmayotganimizni aytdim bu ko‘p narsadan dalolat beradi», Salohning so‘zlarini keltirdi RMC Sport.

Bugun, 10-yanvar kuni chorak finalda Misr va Kot-d’Ivuar terma jamoalari o‘zaro bahslashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring