AQSh Kiyevga Donbassdan voz kechishi bo‘yicha bosim qilyapti – Zelenskiy
AQSh Kiyevdan Donbassdan qo‘shinlarni olib chiqishni talab qilmoqda. Bu haqda Zelenskiy Reuters’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Vashington xavfsizlik kafolatlarini aynan shu shart bajarilsa, to‘liq kelishishga tayyor.
Zelenskiy bu talabga ehtiyotkorona munosabat bildirib, bunday qadam Ukraina va hatto Yevropa xavfsizligiga ham tahdid solishi mumkinligini ta’kidlagan. Uning fikricha, mamlakatning sharqiy hududlari – milliy xavfsizlik tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu masala AQSh va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida Mayamida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham ko‘tarilgan. Ilgari ham Donbassdan qo‘shin chiqarish Rossiyaning asosiy shartlaridan biri sifatida tilga olingan edi.
Bu holat Vashingtonning Ukrainaga nisbatan pozitsiyasida muayyan o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ya’ni, AQSh bir vaqtning o‘zida ham harbiy yordam, ham diplomatik bosim orqali mojaroni yakunlashga harakat qilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter