Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Ukrainaga 15 yillik xavfsizlik kafolatlarini taklif qilgan

AQSh Ukrainaga 15 yillik xavfsizlik kafolatlarini taklif qilgan

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 26-dekabr kuni Axios’ga bergan intervyusida AQSh Ukrainaga 15 yillik xavfsizlik kafolatlari taklif qilganini ma’lum qildi. Prezidentning ta’kidlashicha, bu vaqt davomida AQSh va Ukraina o‘rtasida xavfsizlikning mustahkamlanishi mumkin, ammo Ukraina uchun 15 yillik kafolatlar yetarli emas.

«Menimcha, bizga 15 yildan ko‘proq kerak», – dedi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu masalani bщyicha AQSh prezidenti Donald Tramp bilan 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda muvaffaqiyatli kelishuvga erishishga umid qilinadi. Agar shuningdek, Tramp Ukrainaga ko‘proq kafolatlar bersa, bu «katta muvaffaqiyat» bo‘lar edi.

Zelenskiy, shuningdek, AQSh va Ukraina parlamentlari tarafidan ushbu kafolatlar ratifikatsiya qilinishi kerakligini ta’kidladi.

Zelenskiy Ukraina uchun yanada foydaliroq shartnomalarni muhokama qilishni istaydi. Uning aytishicha, AQSh tinchlik rejasida Ukrainadan muayyan hududlar talab qilinyapti. Bu masala borasida Zelenskiy «o‘tkir» qarorlar qabul qilishga tayyor.

Agar tinchlik rejasi o‘ta murakkab bo‘lsa, Zelenskiy Ukrainada 20 punktdan iborat yangi kelishuvni referendumga qo‘yishni taklif etyapti.

Zelenskiyning fikricha, referendum o‘tkazish uchun, kamida 60 kunlik to‘liq otashkesim rejimi talab qilinadi. U referendumda odamlar ovoz berish uchun erkin ko‘chaga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerakligini aytgan.

Axios ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainada referendum o‘tkazish uchun to‘liq to‘sqinlik qilmayotgani haqida gapirmoqda. Biroq Moskva referendum uchun muddatni 60 kun emas, balki kamroq muddatni taklif qilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Zelenskiy va Tramp o‘rtasidagi uchrashuv 28-dekabr kuni Floridada bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 27 dekabr kuni Tramp, Zelenskiy va bir qator yevropalik liderlar onlayn shaklda tinchlikni ta’minlash borasidagi uchrashuvni tashkil etishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring