Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru bugun ertalab federal politsiya tomonidan hibsga olindi, deb xabar berdi Reuters.
Avvalroq uning advokatlari sobiq davlat rahbarining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni ro‘kach qilib, unga uzoq muddatli jazoni uyda o‘tashga ruxsat berishni Oliy suddan so‘ragandi.
Eslatib o‘tamiz, sentyabrda Braziliya Oliy sudi sudyalar hay’ati 70 yoshli Bolsonaruni, 2022-yilgi saylovda Lula da Silvadan mag‘lubiyatga uchraganidan keyin, hokimiyatda qolish maqsadida davlat to‘ntarishini uyushtirganlikda ayblab, 27 yil va uch oy muddatga ozodlikdan mahrum qilgandi.
Suddagi manbalarning agentlikka ma’lum qilishicha, Oliy sud hay’ati sobiq prezidentning apellyasiyasini bir ovozdan rad etganidan so‘ng u hibsga olingan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter