Daniya bosh vaziri: Grenlandiya sotilmaydi
Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Donald Trampni Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishi haqidagi bayonotlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Frederiksen Trampning orolning strategik zarurligi haqidagi da’volarini rad etdi.
«AQSh Grenlandiyani o‘z nazorati ostiga olishi kerakligi haqida gapirishdan hech qanday ma’no yo‘q. Daniya Qirolligining uchta qismidan birontasini anneksiya qilishga AQShning hech qanday huquqi yo‘q», — deya ta’kidladi Frederiksen.
U Grenlandiya xalqi «sotilmasligi»ni aniq ko‘rsatganini ham qo‘shimcha qildi.
Foto: Christian Klindt Soelbeck/REUTERS


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter