AQSh endi asosiy ittifoqchimiz emas — Jozep Borrel
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha sobiq oliy vakili Jozep Borrel AQSh endi YeIning asosiy ittifoqchisi emasligini ta’kidladi.
«Qo‘shma Shtatlar endi Yevropa Ittifoqining asosiy ittifoqchisi emas. Biz voqelikning yana bir bobini boshdan kechiryapmiz, bu bizga mudofaalanishimiz uchun faqat o‘z kuchimizdan foydalanishimiz kerakligini tobora aniqroq ko‘rsatmoqda», — dedi u Ispaniyaning Pais gazetasiga bergan intervyusida.
Oq uy 2025 yil 5 dekabrda yangi milliy xavfsizlik strategiyasini e’lon qilgandi. Unda Yevropa o‘z mudofaasi uchun o‘zi mas’ul bo‘lishi talab qilingan. Hujjatda YeI tartibga solish, ommaviy immigratsiya va so‘z erkinligi kabi muammolarga haddan tashqari o‘ralashib qolgani ta’kidlangan. Qolaversa, Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi urush «xayrli» yakunlanishidan umidvor yevropaliklar bilan hamfikr emasligini ham ko‘rsatgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter