Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Donald Tramp Tailand va Kambodjani yarashtirishga boradi

Donald Tramp Tailand va Kambodjani yarashtirishga boradi

Donald Tramp Tailand va Kambodja o‘rtasida tinchlik shartnomasini imzolash uchun Malayziyaga boradi.

AQSh prezidentining tashrifi 26-oktyabrga belgilangan, dedi Malayziya tashqi ishlar vaziri Muhammad Hasan.

Uning aytishicha, Malayziya va AQSh Tailand va Kambodjani yarashtiruvchi vazifasini bajaradi. Shartnoma nizolashgan ikki mamlakatga o‘z chegaralarini minalardan tozalash va og‘ir artilleriyani olib ketish majburiyatini yuklaydi.

Eslatib o‘tamiz, Tailand va Kambodjaning quruqlik chegarasidagi bahsli hududlar uchun iyulda «besh kunlik urush» bo‘lib o‘tgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring