Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘azodagi urush tugadi – Tramp

G‘azodagi urush tugadi – Tramp

Tramp Isroil parlamenti – Knessetdagi nutqida G‘azo sektoridagi urush rasman yakunlanganini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS harakati tinchlik rejasida nazarda tutilgan qurolsizlanish bandini bajarishga rozilik bildirgan.

«Bu men uchun katta sharaf. Bugun buyuk va go‘zal kun – yangi boshlanish», – deydi Tramp Knessetdagi nutqida.

U, shuningdek, jurnalistlar bilan suhbatda o‘zining G‘azo kelishuvidagi roliga alohida urg‘u bergan.

 «Hamma baxtiyor – yahudiylar ham, musulmonlar ham, arab davlatlari ham. Hamma ko‘chada raqsga tushmoqda», – degan u.

Undan tinchlik uzoqqa cho‘ziladimi, deb so‘rashganda Tramp bunga ishonishini ma’lum qilgan.

Biroq Tramp kelgusida G‘azoda xavfsizlikni ta’minlash va boshqaruv tizimini qanday yo‘lga qo‘yish haqida aniq bayonot bermadi. Uning 20 banddan iborat tinchlik rejasida xalqaro nazorat kuchlarini joylashtirish nazarda tutilgandi. Ammo bu masala hali kelishilmagan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, G‘azoni boshqarish uchun «Tinchlik kengashi» juda tez orada tashkil etiladi. Bu masala muzokaralarning ikkinchi bosqichida muhokama qilinadi.

Kenessetdagi nutqidan keyin Tramp Misrning Sharm-el-Shayx shahriga yo‘l oladi. U yerda «Tinchlik sammiti» bo‘lib o‘tadi. Sammitda 20 dan ortiq davlat rahbarlari ishtirok etib, G‘azo bo‘yicha siyosiy yechimni muhokama qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring