«Livanda G‘azo ssenariysi takrorlanyapti...» – Ispaniya bosh vaziri
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Isroil rahbari Binyamin Netanyaxuni keskin tanqid qilib, uni Livanda G‘azoga o‘xshash vayronagarchilikni keltirib chiqaruvchi ssenariyni amalga oshirishda aybladi.
Ispaniya parlamentidagi chiqishida Sanchesning ta’kidlashicha, bunday siyosat Yaqin Sharqni yanada beqarorlashtirib, global muammolardan – iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik masalalardan e’tiborni chalg‘itmoqda. U bu urushni «noqonuniy, mantiqsiz va juda jiddiy xato» deb baholadi.
«Adolatsiz urushga qarshi turish ehtiyotkorlik emas, bu qo‘rqoqlikdir», – deydi Ispaniya bosh vaziri.
Sanches, shuningdek, AQSh va Isroilning Eronga qarshi harakatlari ham mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirganini aytgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter