Misrlik polvon 700 tonnali kemani tishlari bilan tortdi

Misrlik 44 yoshli kurashchi Ashraf Mahruz 700 tonna og‘irlikdagi kemani tishi bilan 15 metrgacha tortib bordi. Sportchi ushbu natijasini qayd etish uchun Ginnessning rekordlar kitobiga ariza topshirmoqchi, deb xabar berdi NBC News.
Mahruzning aytishicha, Ginnessning rekordlar kitobida qayd etilgan oxirgi rekordda 614 tonnali kema qatnashgan. U o‘z ko‘rsatkichi isboti sifatida foto va videolarini yuborishni rejalashtirmoqda.
Yangi rekord o‘rnatishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida sportchi oqsil va temir moddasiga boy taomlarni ko‘p iste’mol qildi. Xususan, kuniga kamida 12 ta tuxum, ikkita butun tovuq va 5 kg atrofida baliq tanovul qilgan. Mashqlarni esa kuniga uch mahal, ikki soatdan bajardi.
Mahruz kemalardan tashqari, mashinalar, poyezd va lokomotivni joyidan qo‘zg‘atgan, shu yil martida 279 tonnali temir yo‘l vagonlarini joyidan siljitib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter