Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Peru Meksika bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Peru Meksika bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Peru hukumati Meksika bilan diplomatik munosabatlarni uzganini ma’lum qildi. Bu qaror Meksika Limadagi elchixonasida Peruning sobiq bosh vaziri Betsi Chavesga siyosiy boshpana bergandan so‘ng qabul qilindi.

Peru Tashqi ishlar vazirligi Meksikaning bu qarorini «do‘stona bo‘lmagan harakat» deb atadi va u ikki mamlakat o‘rtasidagi allaqachon keskin bo‘lgan munosabatlarni yanada yomonlashtirganini bildirdi. Shu bilan birga, Meksika Peruning ichki ishlariga aralashishda ayblandi.

Betsi Chaves hozirda qo‘zg‘olon uyushtirish ishi bo‘yicha tergov ostida.

2022 yilda prezident lavozimini egallagan Pedro Kastilo parlamentni tarqatib yuborishga va mamlakatda favqulodda holat joriy etishga urinishida ayblangan edi. Uning urinishi amalga oshmagan va natijada Kastilo lavozimidan chetlatilib, qamoqqa olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, esa Chaves Kastilo rejalariga aloqador bo‘lgan.

Ammo u bu ayblovlarni rad etgan. Prokuratura uni 25 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni talab qilmoqda.

O‘tgan oyda Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Pedro Kastiloni qo‘llab-quvvatlab, uni qamoqdan ozod etish va «odil sud jarayonini ta’minlash» zarurligini aytgan.

Kastiloning turmush o‘rtog‘i va bolalari hozirda Meksikada yashamoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring