Rossiyada 6 kunlik ish haftasiga o‘tish taklifi berildi
Rossiyalik tadbirkor Oleg Deripaska mamlakat aholisi uchun ish rejimini keskin o‘zgartirishni taklif qildi. Uning fikricha, iqtisodiyotdagi «global imkoniyatlar yo‘qotilishi» sharoitida rossiyaliklar dushanbadan shanbagacha kuniga 12 soat ishlashi kerak.
Tadbirkor bu taklifni iqtisodiy inqirozdan chiqish uchun zarur chora sifatida baholagan. Uning ta’kidlashicha, mamlakatdagi asosiy resurs — bu insonlar va og‘ir paytlarda ularning ko‘proq ishlash qobiliyatidir.
Ayrim mutaxassislar bu g‘oyani qisman qo‘llab-quvvatlamoqda. Jumladan, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Gennadiy Oniщyenko 6 kunlik ish haftasi iqtisodiyot uchun foydali bo‘lishi mumkinligini aytgan. Biroq u bunday tizimni hozircha joriy etish imkonsizligini ta’kidladi. Sabab sifatida amaldagi mehnat qonunchiligi, kasaba uyushmalari va jamiyatning bunday o‘zgarishlarga tayyor emasligi ko‘rsatilmoqda.
Shu bilan birga, Rossiya Davlat dumasida mazkur masala muhokama qilinmayotgani ma’lum qilindi. Qo‘mita rahbari Yaroslav Nilovning aytishicha, ish vaqtiga oid har qanday o‘zgarishlar faqat davlat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari ishtirokida muhokama qilinishi kerak.
Siyosiy doiralarda ham tanqidlar yangramoqda. LDPR partiyasi yetakchisi Leonid Slutskiy bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirib, ish vaqtini oshirish o‘rniga mehnat unumdorligi va ish haqini ko‘tarish lozimligini ta’kidladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter