Sidneydagi fojiadan so‘ng Avstraliya hukumati aholidan o‘qotar qurollarni sotib olishga kirishdi
Sidneydagi Hanukka bayramida yuz bergan otishmadan so‘ng, Avstraliya hukumati aholidan o‘qotar qurollarni yoppasiga sotib olishga kirishdi, deb xabar berdi The New York Times.

Bosh vazir Entoni Albaneze bayonot berishicha, yuz minglab o‘qotar qurollarni muomaladan chiqarishga qaratilgan umummilliy dastur ishga tushiriladi. Shuningdek, qurol saqlash qoidalari, jumladan, uning soni bo‘yicha cheklovlar kuchaytiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning 14 dekabr kuni Sidneyning mashhur Bondi plyajida yahudiylar Hanukka bayramini nishonlayotgan paytda ota-bola terrorchilar sodir etgan otishma oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, 40 ga yaqin inson jarohat olgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter