Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vaziyat jiddiylashmoqdami? AQSh yana Rossiyaga aloqador tankerni ushladi

Vaziyat jiddiylashmoqdami? AQSh yana Rossiyaga aloqador tankerni ushladi

AQSh Sohil xavfsizlik xizmati xodimlari Karib dengizida, Trinidad va Tobago qirg‘oqlarida «Olina» neft tankerini qo‘lga oldilar deb xabar berdi The Wall Street Journal AQSh rasmiylariga tayanib.

WSJ xabariga ko‘ra, tanker AQSh sanksiyalari ostida bo‘lgan paytda Rossiya neftini noqonuniy tashib yurgan. Bu safar kema Venesueladan yo‘lga chiqqan edi. Tanker ilgari «Minerva M» nomi bilan tanilgan edi.

Bu AQSh tomonidan so‘nggi haftalarda Venesueladan neft eksportini nazorat qilish operatsiyasi doirasida musodara qilingan beshinchi kema. 7-yanvar kuni bortida rossiyaliklar bo‘lgan Marinera tankeri ham xalqaro suvlarda musodara qilindi. AQSh rasmiylari uning sanksiyalarga qaramay, Venesuela va Eronga Rossiya neftini tashib yurganiga ishonishadi.

Bugun AQSh prezidenti Donald Tramp kema ekipajidan ikki nafar Rossiya fuqarosini ozod qilishga ruxsat berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring