Yaponiya rekord darajada mudofaa budjetini tasdiqladi. Nega?
Associated Press agentligining xabar berishicha, Yaponiya hukumati 2026-yil uchun rekord darajadagi mudofaa budjetini tasdiqladi. Bu 9 trillion iyenadan (taxminan 58 milliard dollar) oshadi.
Yaponiya mudofaa budjetining taxminan 970 milliard iyena (6,2 milliard dollar) uzoq masofali raketalarga sarflanadi. Shundan 177 milliard iyena (1,13 milliard dollar) taxminan 1000 kilometr masofaga uchadigan yer-kema raketalariga ajratiladi. Sohil mudofaasi uchun Yaponiya yer usti va suv osti dronlariga 100 milliard iyena (640 million dollar) sarflaydi.
Yaponiya Bosh vaziri Sanaye Takaichi Tayvan inqirozi mamlakat uchun «mavjudlik tahdidi» tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi. Agar vaziyat yomonlashsa, Tokio o‘zining «kollektiv o‘zini o‘zi himoya qilish huquqidan» foydalanadi. Xitoy rasmiylari Yaponiya bosh vazirining so‘zlarini mamlakat ichki ishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuv sifatida ko‘rdi.
Dekabr oyi boshida yapon qiruvchi samolyotlari Miyako bo‘g‘ozida Xitoy aviatashuvchi guruhlarining mashqlarini buzishga uringan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter