O‘zbekistonda davlat raqamlarini olish tartibi o‘zgardi: «AvtoRaqam» ilovasi ishga tushdi
O‘zbekistonda avtomashinalar uchun davlat raqam belgilarini berish tizimi yangilandi. Endi raqam tanlash va xarid qilish jarayoni yangi “AvtoRaqam” mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
Yangi tartibga ko‘ra, foydalanuvchilar ilovada davlat raqamlari kombinatsiyalarini real vaqt rejimida kuzatib, o‘zlariga ma’qul bo‘lgan variantni tanlash imkoniga ega. “Chiroyli” raqamlar aynan shu ilovada taqdim etiladi.
Oddiy davlat raqam belgilarini olish esa “Random” — tasodifiy tanlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Har ikki holatda ham inson omili minimal darajaga tushirilgan bo‘lib, barcha jarayonlar elektron dasturlar orqali bajariladi.
Davlat raqam belgilarini jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham xarid qilishi mumkin.
Yangi tizim orqali raqam berish jarayonini shaffoflashtirish va qulaylashtirish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 1 yanvardan boshlab davlat raqam belgilarini O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi orqali auksionda sotish amaliyoti, shu jumladan “chiroyli” raqamlarni oshirilgan stavkalarda berish tizimi bekor qilingan edi.
«AvtoRaqam» mobil ilovasini App Store yoki Play Market platformalaridan yuklab olish mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter