Angrenda 8 yoshli bola daydi itlar hujumi oqibatida halok bo‘ldi
Toshkent viloyati Angren shahrida 8 yoshli bola daydi itlar hujumi oqibatida halok bo‘ldi.
«Millar» dasturida xabar qilinishicha, bola onasi bilan Angren shahridagi mahallalarning birida ijarada yashab kelgan. Guvohlarning aytishicha, o‘sha kuni bola maktabdan qaytayotgan bo‘lgan. Ko‘chadagi daydi itlardan biri unga tashlangan. Oqibatda 8 yoshli bola og‘ir jarohat olib, halok bo‘lgan.
Mahalla raisining aytishicha, oila Bekobod shahridan kelib ijarada yashab kelgan. Hozirda ushbu holat qayta takrorlanmasligi uchun mahalladagi daydi itlarni tutib olib ketish choralari ko‘rilyapti.
Aholi so‘zlariga ko‘ra, ushbu hududda daydi itlarning ko‘pligi haqida bot-bot shikoyatlar qilingan, ammo tegishli choralar ko‘rilmagan. Ular, shuningdek, bu hududda itlarning odamlarga tashlanishi holatlari tez-tez kuzatilib turadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter