Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bangkokdagi YTHda o‘zbekistonlik tan jarohati olib vafot etdi

Bangkokdagi YTHda o‘zbekistonlik tan jarohati olib vafot etdi

Bangkok shahrida avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida O‘zbekistonning 4 nafar fuqarosi ham jabrlangan. Ularning biri olingan og‘ir tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

«Dunyo» AA bergan xabarga ko‘ra, ushbu avtohalokatda turli darajada tan jarohati olgan yana uch nafar vatandoshga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonadan javob berilgan.

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti ma’lumotiga ko‘ra, vaziyat alohida nazoratga olingan.

O‘zbekistonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonasi xodimlari tomonidan fuqarolarga kerakli tartibda barcha zarur yordam ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, marhumning yaqinlari bilan aloqa o‘rnatilib, jasadni Vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring