Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boysundagi o‘rmon yong‘ini bir sutkada o‘chirildi

Boysundagi o‘rmon yong‘ini bir sutkada o‘chirildi

Foto: Surxondaryo FVB

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi «Xomkon» o‘rmon bo‘limi hududida yuz bergan yong‘in bir sutkada o‘chirildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

12 avgust kuni soat 17:15 da «112» tizimiga «Chilonzor» MFY hududidagi o‘rmon bo‘limida quruq o‘t va shox-shabbalar yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Yong‘inni o‘chirish ishlariga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 194 nafar xodim va 8 ta texnika, «Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi»dan 60 nafar xodim va 3 ta texnika, shuningdek, 55 nafar mahalliy ko‘ngilli fuqaro jalb etilgan.

13 avgust soat 17:30 holatiga ko‘ra, yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 1 gektar maydondagi quruq o‘t va shox-shabbalar yongan.

Hodisa oqibatida fuqarolar jarohatlangani haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring