Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Indoneziyadagi zilzilada jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar bormi? — TIV ma’lumot berdi

Indoneziyadagi zilzilada jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar bormi? — TIV ma’lumot berdi

Foto: RIA Novosti

Indoneziyaning Sharqiy Nusa-Tenggara provinsiyasida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

TIV zilzila qurbonlari haqidagi xabarni katta qayg‘u bilan qabul qilganini ta’kidlab, marhumlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan, jarohatlanganlarga esa tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tilagan.

O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi elchixonasi vaziyatni diqqat bilan kuzatib, mahalliy hokimiyat organlari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Hozirgi vaqt holatiga ko‘ra, vafot etganlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari aniqlanmagan.

Ayni damda zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 38 nafarga yetgan. Yana olti kishi jarohatlangan, ikki kishi bedarak yo‘qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring