2026-yil uchun Davlat budjeti tasdiqlandi
«2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
Ushbu Qonunning maqsadi 2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunga ko‘ra, 1-darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ushbu Qonunga muvofiq ajratiladigan budjet mablag‘laridan faqat 2026-moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.
2026-yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari;
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari;
chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari.
2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi.
Ushbu Qonun 2026-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter