Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2025-yil uchun Davlat budjetiga doir qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

2025-yil uchun Davlat budjetiga doir qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

Joriy yil 25-dekabrdagi O‘RQ–1106-son qonun bilan «2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sportni rivojlantirish, «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish hamda ko‘p kvartirali uy-joylar va ijtimoiy soha muassasalarida energiya samaradorligini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi.

Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hajmi, Davlat budjetidan davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlar miqdorlari, ushbu jamg‘armalarning daromadlari hamda xarajatlari o‘zgartiriladi.

Shuningdek, Budjet mablag‘larining maqsadliligi, samaradorligini oshirish, budjet intizomini mustahkamlash doirasida mablag‘larning bir qismini maqbullashtirish va ularni qo‘shimcha xarajatlarga yo‘naltirish nazarda tutildi

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25-dekabrida «2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi O‘RQ–1105-son Qonun qabul qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring