Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilmoqda?

O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 29 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27,8 % ga yuqori.

Mazkur davrda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan TOP-10 davlatlar (AQSh dollarida):

— Rossiya – 3,6 mlrd

— Xitoy – 1,6 mlrd

— Qozog‘iston – 1,2 mlrd

— Afg‘oniston – 1,2 mlrd

— Turkiya – 942,4 mln

— Fransiya – 774,3 mln

— BAA – 610,8 mln

— Qirg‘iz R. – 491,5 mln

— Tojikiston – 470,9 mln

— Pokiston – 319,7 mln

Raqamlar yaxlitlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring