O‘zbekiston qaysi davlatlarga ko‘proq eksport qilmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 15,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.
Eksportda eng yuqori ulushga ega davlatlar orasida Rossiya birinchi o‘rinni egallagan. Unga hisobot davrida 2,4 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilingan.
Ikkinchi o‘rinda Xitoy bo‘lib, ushbu davlatga eksport hajmi 1,4 mlrd dollarni tashkil etgan. Afg‘oniston esa 961,5 mln dollarlik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rindan joy olgan.
Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston — 717 mln dollar, Fransiya — 707,2 mln dollar va Honkong — 543,1 mln dollar bilan qayd etilgan.
O‘zbekistonning eksport hajmi bo‘yicha yetakchi davlatlar ro‘yxatida Turkiya 516,2 mln dollar bilan yettinchi o‘rinni egallagan.
Qirg‘iz Respublikasiga eksport 452,7 mln dollar, Birlashgan Arab Amirliklariga 353,4 mln dollar, Tojikistonga esa 333,3 mln dollarni tashkil etgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter