Andijonda 4 nafar egizak dunyoga keldi
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialida 4 nafar egizak dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Andijon shahridagi «G‘ayrat» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Odinaxon Muhammadjonova shu yilning 2 iyunida ko‘p homilalik tashxisi bilan mazkur muassasaga qabul qilinadi. Oradan bir necha kun o‘tib, muddatidan ilgari tug‘uruq tashxisi bilan kesarcha kesish amaliyoti bajarildi.
Tug‘uruq jarayoni filialning malakali akusher-ginekolog, neonatolog va reanimatologlari tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Birinchi chaqaloq: o‘g‘il, vazni 2415 gr, bo‘yi 44 sm.
Ikkinchi chaqaloq: o‘g‘il, vazni 1730 gr, bo‘yi 37 sm.
Uchinchi chaqaloq: o‘g‘il, vazni 2405 gr, bo‘yi 44 sm.
To‘rtinchi chaqaloq: qiz, vazni 1885 gr, bo‘yi 39 sm.
SSV xabariga ko‘ra, ayni paytda ona va chaqaloqlar malakali tibbiyot xodimlari nazoratida o‘zlarini yaxshi his etishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati IIBB xodimi oilasida 4 nafar egizak farzand dunyoga kelgani haqida xabar bergandik.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter