Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biologik faol qo‘shimchalarni reklama qilgan fuqaro javobgarlikka tortildi

Biologik faol qo‘shimchalarni reklama qilgan fuqaro javobgarlikka tortildi

Raqobat qo‘mitasi o‘tkazgan o‘rganishlarda ijtimoiy tarmoqlarda «Qahramon tabib» nomi bilan tanilgan S.Q. o‘zining sahifasida biologik faol qo‘shimchalar qonunchilikka zid tarzda reklama qilingani aniqlandi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, reklamada mahsulot ta’siri bo‘rttirib ko‘rsatilgan va uning xususiyatlari to‘liq ochib berilmagan.

Qo‘mitaning ta’kidlashicha, reklama mazmuni iste’molchilarda mazkur qo‘shimchalar dori vositasiga xos davolash xususiyatiga ega degan tasavvur uyg‘otishi mumkin. Bu esa amaldagi talablarga zid hisoblanadi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sud organlariga yuborilgan.

Ma’lumot uchun, «Reklama to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar reklamasi qat’iy tartibga solinadi. Xususan, bunday mahsulotlar dori vositasi sifatida taqdim etilmasligi shart.

Shuningdek, reklamada odamlar davolangani yoki ahvoli yaxshilangani haqidagi holatlarga havola qilish taqiqlanadi. Jismoniy shaxslar minnatdorchilik bildirgan holatlar ham reklamada keltirilmasligi lozim.

Qonunchilikka ko‘ra, bunday qo‘shimchalar reklamasida rag‘batlantiruvchi aksiyalar o‘tkazish ham mumkin emas. Har bir reklamada mahsulot dori emasligi haqida ogohlantirish bo‘lishi shart.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring