Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bozorlarda sotilayotgan ayrim o‘yinchoqlar savdodan chiqarildi

Bozorlarda sotilayotgan ayrim o‘yinchoqlar savdodan chiqarildi

Foto: Nazorat inspeksiyasi.

Farg‘ona viloyatida ayrim bolalar o‘yinchoqlari savdodan chiqarildi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi tomonidan savdo shoxobchalarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar davomida realizatsiya qilinayotgan ayrim bolalar o‘yinchoqlari tanlab olinib, ularning xavfsizlik ko‘rsatkichlari va amaldagi talablariga muvofiqligi aniqlash maqsadida laboratoriya sinovlariga yuborildi. 

Jumladan, SQUILSHY JELLY BALLS (siqiladigan jele sharlari) hamda Slime Monster Lab (slaym) nomli o‘yinchoqlardan namunalar olinib, laboratoriya tahlillari o‘tkazildi. 

O‘rganishlar va laboratoriya sinovlari natijalariga ko‘ra, ushbu mahsulotlar «Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamenti»ning tamg‘alashga oid xavfsizlik talablariga muvofiq emasligi aniqlandi. Xususan, mahsulot tamg‘asida import qiluvchi haqidagi ma’lumotlar, saqlash usullari, yaroqlilik muddati, saqlash shartlari hamda xavfsizlik choralariga oid ma’lumotlar ko‘rsatilmagan. 

Shuningdek, laboratoriya sinovlari natijalariga ko‘ra, o‘yinchoqlar hid intensivligi ko‘rsatkichi hamda ichi suyuqlik bilan to‘ldirilgan o‘yinchoqlarda suyuqlik sizib chiqmasligi talablari bo‘yicha ham texnik reglament talablariga javob bermasligi aniqlangan. 

Aniqlangan holatlar yuzasidan savdo sub’yektlariga ogohlantirish xatlari yuborildi hamda mazkur mahsulotlarni savdodan chiqarish va realizatsiyasini to‘xtatish bo‘yicha tegishli taqdimnomalar kiritildi. 

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi fuqarolarga bolalar o‘yinchoqlarini xarid qilishda mahsulotlarning sertifikatlanganligi, xavfsizlik talablari hamda markirovka ma’lumotlariga alohida e’tibor qaratishni tavsiya etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring