Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 2-aprel kuni O‘zbekiston hududlarida ob-havo sharoiti turlicha kuzatiladi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Bu hududlarda shamol tezligi 9–14 m/s gacha yetadi.
Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham shunday ob-havo sharoiti saqlanib, kunduzi harorat 18–25 daraja iliq atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Toshkent shahrida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kunduzi harorat 27–29 darajagacha ko‘tariladi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida ham yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanadi. Bu hududlarda kunduzgi harorat 25–30 daraja iliq bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham yomg‘ir kutilmaydi. Andijon, Namangan va Farg‘onada kunduzi havo 25–30 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Respublika tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroqlar kuzatilishi mumkin. Shuningdek, shamol tezligi ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor.
Ma’lum qilinishicha, 2–6-aprel kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter