Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dam olish kunlari ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Dam olish kunlari ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi kutilmoqda. Ob-havo sharoitida o‘zgarishlar kuzatilishi prognoz qilingan.

Juma kuni respublika bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib qoladi. Kunduzgi havo harorati +25…+30 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Shanba va yakshanba kunlari esa ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatilib, harorat foni biroz pasayadi. Kunduzgi harorat asosan +20…+25 darajaga tushishi prognoz qilingan.

Shanba kuni shimoli-g‘arbiy hududlar va cho‘l zonalarida, yakshanba kuni esa respublika bo‘yicha keng hududlarda yog‘ingarchilik ehtimoli yuqori. Ayrim joylarda momaqaldiroq ham kuzatilishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi xavfi bor.

Shamol tezligi 7–12 m/s ni tashkil etib, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimol qilinmoqda.

Toshkent shahrida juma va shanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +27…+29 daraja atrofida bo‘ladi.

Yakshanba kuni esa qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, shamol 10–12 m/s gacha kuchayishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat +21…+23 darajaga tushadi. Kechalari esa harorat asosan +12…+17 daraja, poytaxtda esa +13…+15 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring