Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutiladimi?

Dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutiladimi?

Foto: Xabar.uz

Dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

25-26-oktyabrda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Havo harorati 24-oktyabrda 25-30 darajani, shimolda 21-26 darajani tashkil etadi. 

Dam olish kunlari esa havo harorati asta-sekin pasayadi va 25—oktyabrda 23-28 darajani, 26 oktyabrda 21-26 darajani, shimolda 25-26 oktyabrda 19-24 darajani tashkil etadi. 

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 

Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi 28-30 daraja, shanba kuni 25-27 daraja, yakshanba kuni 24-26 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat 13-15 daraja atrofida bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring