Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng ko‘p nikoh qaysi hududda qayd etilgan?

Eng ko‘p nikoh qaysi hududda qayd etilgan?

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentyabr oylarida mamlakat bo‘yicha FHDYo organlarida 177 mingta nikoh ro‘yxatdan o‘tgan. Eng ko‘p nikohlar Samarqand viloyatida — 21,2 mingta, Farg‘ona (19,4 ming), Qashqadaryo (17,7 ming) va Toshkent shahrida (16,9 ming) kuzatilgan. Eng kam ko‘rsatkichlar Sirdaryo (4,5 ming) va Navoiy (5,5 ming) viloyatlarida qayd etilgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida FHDYo organlarida O‘zbekiston bo‘yicha 177 mingta nikoh ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyatida — 21,2 mingta.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar kesimida nikohlar soni quyidagicha taqsimlandi:

Samarqand viloyati — 21,2 mingta;
Farg‘ona viloyati — 19,4 mingta;
Qashqadaryo viloyati — 17,7 mingta;
Toshkent shahri — 16,9 mingta;
Andijon viloyati — 14,9 mingta;
Surxondaryo viloyati — 14,0 mingta;
Namangan viloyati — 13,8 mingta;
Toshkent viloyati — 13,4 mingta;
Buxoro viloyati — 9,8 mingta;
Xorazm viloyati — 9,5 mingta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 8,7 mingta;
Jizzax viloyati — 7,6 mingta;
Navoiy viloyati — 5,5 mingta;
Sirdaryo viloyati — 4,5 mingta.
Umuman, Samarqand viloyati hissasi jami 177 mingta nikohning taxminan 12 foizini tashkil etadi. Ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari egallagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring