Qurilish vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Bunga qadar u Buxoro viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari edi.
Arashov Jalol Samandarovich Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy Telegram kanali xabar berdi.
U 1988 yil 6 oktyabrda Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. 2009 yilda Toshkent arxitektura va qurilish institutini tugatgan. Arashov avval ham Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Tayinlovga qadar u Buxoro viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter