Shoir va tarjimon Qamchibek Kenja olamdan o‘tdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir va tarjimon Qamchibek Kenja 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Qamchibek Kenja 1946-yil 15-avgustda Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi Gurkurov kishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan (1969). Dastlabki she’riy to‘plami — «Sog‘inch» (1975). Yozuvchining «Yashil barg» degan birinchi hikoyalar to‘plami esa 1977 yilda nashr etilgan.
«Ko‘ngil ko‘chalari» (1979), «Ishqing tushsa» (1981), «Orzumandlar» (1982), «Notanish gul» (1986), «Tog‘ yo‘lida bir oqshom» (1987), «Sohildagi suv parisi» (1993), «Qizil gullar» (1995), «Sohibjamol ayol siri» (1996), «Kulgibaxsh umr» (1997), «Boburiylardan biri» (2000), «Baxt chushi yoki ushalgan orzular» (2001), «Xamir uchidan patir yoxud kulcha hikoyalar» (2005), «Saylanma» (1-kitob, 2006) kabi nasriy va she’riy asarlar muallifi.
Safarnomalar yozgan («Xind sorig‘a», «Buyuklar izidan» va boshqa).A. S. Pushkin, X. Xeyne, Sh. Petefi, V. Bryusov, M. Svetlov kabi shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Xabar.uz shoirning vafoti sabab ta’ziya bildiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter