Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil boshidan beri 4 ming tonna sifatsiz neft mahsulotlari sotuvi cheklangan

Yil boshidan beri 4 ming tonna sifatsiz neft mahsulotlari sotuvi cheklangan

Foto: Xabar.uz

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan AYoQSh va korxonalardan olingan tahlil na’munalaridan 180 ta holatda 4 058 tonna neft mahsuloti sifatsizligi aniqlanib, sotuvi cheklangan.

Ma’lum qilinishicha, 2026-yilning I choragi davomida 885 ta holatda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va qoidabuzarlik aniqlangan.

Jumladan, 34,6 mln metr kub tabiiy gaz (101,6 mlrd so‘m) va 49,7 mln kilovatt-soat elektr energiyasidan (94,4 mlrd so‘m) noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga 196 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 1 599 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgani qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring