46 yil hujjatsiz yashagan ayol taqdiri
Namanganda 46 yil hujjatsiz yashagan ayolga guvohnoma berildi.
Davlatobod tumanida yashovchi N. Sohibova qariyb yarim asr — 46 yil davomida tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasiz hayot kechirdi. Bir qarashda oddiy hujjatdek tuyuladigan bu guvohnoma yo‘qligi uning butun hayotiga ta’sir ko‘rsatdi.
U na davlat xizmatlaridan to‘liq foydalana oldi, na ijtimoiy himoya va imtiyozlardan bahramand bo‘ldi. Go‘yoki u jamiyatda bor-u, lekin huquqiy jihatdan mavjud emasdek edi.
Inson hayotida turli sinovlar bo‘ladi. Ba’zida e’tiborsizlik yoki turli sabablar tufayli kichik bir xato katta muammolarga aylanadi. N. Sohibova hayoti ham ana shunday sinovlarga boy bo‘ldi. Yillar o‘tdi, imkoniyatlar qo‘ldan boy berildi, biroq umid so‘nmadi.
Nihoyat, muammo yechimini topdi. Davlatobod tuman FHDYo bo‘limi tomonidan olib borilgan ishlar natijasida ushbu masala ijobiy hal etildi. Kerakli hujjatlar rasmiylashtirilib, N. Sohibovaga tug‘ilganlik guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi, deyiladi Namangan viloyati adliya xabarida.
Avvalroq 86 yashar otaxonga tug‘ilganlik guvohnomasi berilgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter