Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Beeline Uzbekistan va Rakuten Symphony kompaniyalari Open RAN va AI yo‘nalishida hamkorlik qiladi

Beeline Uzbekistan va Rakuten Symphony kompaniyalari Open RAN va AI yo‘nalishida hamkorlik qiladi

Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Pyataxin (chapda) va Rakuten Symphony prezidenti Sharad Srivastava (o‘ngda) MWC 2026 doirasida O‘zaro anglashuv memorandumi (MoU)ni imzolamoqda. Marosimda VEON Group bosh direktori Kaan Terzioglu (orqa qatorda, chapda) hamda Beeline Uzbekistan Texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha direktori (CTO) Gediz Sezgin (orqa qatorda, o‘ngda) ishtirok etmoqda.

VEON’ning O‘zbekistondagi raqamli operatori Beeline Uzbekistan va Rakuten Group’ning sho‘ba korxonasi Rakuten Symphony O‘zbekistonning tez sur’atlarda rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan strategik hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha O‘zaro anglashuv memorandumi (MoU)ni imzoladi. Hamkorlik Open RAN rivoji, sun’iy intellekt (AI ) asosidagi tarmoq intellekti va yangi avlod raqamli platformalarni o‘z ichiga oladi.

MWC Barcelona 2026 doirasida imzolangan Memorandum tarmoqni joriy etish, optimallashtirish hamda rivojlantirish, shuningdek, Rakuten’ning dasturiy platformalari va tajribasidan foydalangan holda raqamli xizmatlar yo‘nalishida hamkorlik uchun asos yaratadi.

Hamkorlik doirasida kompaniyalar ustuvor texnologik yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatlarini baholaydilar: Open RAN, tarmoqlarni boshqarishda samaradorlikni oshirish uchun AI qo‘llanilishi, bulutli yechimlar, yangi avlod platformalari, xalqaro jamoa va bo‘limlar uchun aloqa yechimlari, shuningdek, global IoT va korporativ kommunikatsiya xizmatlari. Bundan tashqari, tomonlar Rakuten Mobile’ning AI asosidagi bulut-native platformasi va keng ko‘lamda integratsiyalashgan eSIM xizmatlarini joriy etish tajribasidan foydalangan holda eSIM hamda xalqaro rouming sohasida ham hamkorlikni rivojlantiradi.

Beeline Uzbekistan 7,7 million mobil abonent va oyiga 9 milliondan ortiq faol raqamli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi (MAU, sentyabr 2025). Hamkorlik Beeline Uzbekistan’ning mamlakatdagi yetakchi aloqa operatorlaridan biri sifatidagi mavqei va O‘zbekistonning raqamli rivojlanishidagi rolini Rakuten Symphony’ning cloud-native networks (bulutga yo‘naltirilgan tarmoqlar) va ochiq avtomatlashtirilgan arxitekturalardagi tajribasi bilan birlashtiradi

“VEON bilan hamkorligimizni Beeline Uzbekistan’gacha kengaytirayotganimizdan mamnunmiz. Kompaniya O‘zbekistonning raqamli o‘sishini tarmoq va raqamli xizmatlarga sarmoya kiritish orqali qo‘llab-quvvatlamoqda,” — dedi Rakuten Symphony prezidenti Sharad Srivastava. “Ushbu hamkorlik milliy raqamli infratuzilmani ochiq, sun’iy intellektga tayyor dasturiy ta’minot va ulanish yechimlari orqali rivojlantirishga bo‘lgan sadoqatimizni namoyish etadi.”

“O‘zbekiston Markaziy Osiyoda raqamli iqtisodiyot yetakchisiga aylanish yo‘lida dadil harakat qilmoqda. Biz esa bu maqsadni amalga oshirish uchun zarur infratuzilma va platformalarni barpo etishga sodiqmiz,” — deya ta’kidladi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Pyataxin. “Rakuten Symphony bilan hamkorlikda bulut-native tarmoq arxitekturalari va AI asosidagi avtomatlashtirish xizmatlarimizni tezlashtirib, mijozlarimizga yanada sifatli raqamli tajriba taqdim etish imkonini o‘rganamiz.”

“Biz O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishini ta’minlaydigan raqamli infratuzilma va xizmatlarni rivojlantirishdan mamnunmiz hamda Rakuten bilan turli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishni intiqlik bilan kutmoqdamiz,” — dedi VEON Group bosh direktori Kaan Terzioglu. “Avval Ukraina va Qozog‘istonda yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikdan so‘ng uni O‘zbekistonga kengaytirish VEON yondashuvining tez rivojlanayotgan bozorlar uchun ilg‘or texnologik hamkorliklarni samarali joriy etish qobiliyatini ko‘rsatadi.”

VEON va Rakuten o‘rtasidagi hamkorlik dastlab 2023 yilda yo‘lga qo‘yilgan edi. Kyivstar Group va Beeline Kazakhstan, VEON’ning boshqa kompaniyalari, allaqachon Open RAN va boshqa raqamli tashabbuslar sohasida imkoniyatlarni o‘rganish doirasida Rakuten bilan Ukrainada va Qozog‘istonda hamkorlik qilmoqda.

VEON haqida

VEON – deyarli 150 million aloqa foydalanuvchilari va 140 million raqamli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi global raqamli operatordir. Dunyo aholisining 6 foizidan ortig‘i istiqomat qiladigan besh mamlakatda faoliyat yuritib, texnologiyalarga asoslangan xizmatlar orqali insonlar hayotini o‘zgartirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishni maqsad qilgan. VEON NASDAQ fond birjasida ro‘yxatga olingan. Batafsil: https://www.veon.com

Beeline Uzbekistan haqida

Unitel MChJ (“Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida) 2006 yil sentyabrdan buyon raqamli operator sifatida faoliyat yuritadi. Kompaniya VEON Group tarkibiga kiradi hamda 2024, 2025 va 2026 yillarda Certified Top Employer maqomini olgan. Kompaniyada 2 000 dan ortiq xodim ishlaydi.

Rakuten haqida

Rakuten Group, Inc. (TSE: 4755) – shaxslar, hamjamiyatlar va biznes sub’yektlar imkoniyatlarini kengaytiruvchi global texnologik yetakchi. 1997 yilda Tokioda onlayn marketplace sifatida tashkil etilgan kompaniya bugungi kunda e-commerce, fintech, raqamli kontent va kommunikatsiya xizmatlarini dunyo bo‘ylab 2 milliard foydalanuvchiga taqdim etadi. Guruhda qariyb 30 000 xodim ishlaydi va 30 mamlakat hamda hududda faoliyat yuritadi. Batafsil: https://global.rakuten.com/corp/

Rakuten Symphony haqida

Rakuten Symphony ta’minot zanjiri standartlarini yangilab, tezkor innovatsiya va o‘sishga to‘sqinlik qilayotgan eskirgan yondashuvlarni o‘zgartirmoqda. Zamonaviy infratuzilma amaliyotlariga asoslangan ochiq interfeysli platformalar an’anaviy usullarga nisbatan ancha qisqa vaqt va kam xarajat bilan ilg‘or xizmatlarni ishga tushirish hamda boshqarish imkonini beradi, tarmoq sifati va xavfsizligidan voz kechmagan holda. Kompaniya Yaponiya, AQSh, Singapur, Hindiston, Janubiy Koreya, Yevropa hamda Yaqin Sharq va Afrika mintaqasida faoliyat yuritadi. Batafsil: https://symphony.rakuten.com

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring