Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bog‘chalardagi zaharlanish ishi: Toshkent viloyatida 11 nafar shaxs sudlanadi

Bog‘chalardagi zaharlanish ishi: Toshkent viloyatida 11 nafar shaxs sudlanadi

Foto: «Xabar.uz»

2025 yil sentyabr oyida Bekobod, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Piskent va Quyichirchiq tumanlarida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining zaharlanish holatlariga oid jinoyat ishi yuzasidan ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha:

R. O. (erkak, 1985 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ direktori),

S. S. (erkak, 1985 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ ta’sischisi va sotuv bo‘limi menejeri),

F. O. (erkak, 1990 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ ta’sischisi va direktori o‘rinbosari),

A. S. (erkak, 1987 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ bosh texnologi),

R. X. (erkak, 1982 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ texnologi),

M. N. (erkak, 1991 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ texnologi yordamchisi),

J. X. (erkak, 1993 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, “Governess Business” MChJ direktori),

F. D. (erkak, 1993 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Kinder Garden Group” MChJ direktori),

I. S. (erkak, 2000 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, “Innavation Outsourcing Servise” MChJ direktori),

B. R. (erkak, 1992 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, “Nishon invest” MChJ direktori),

D. Q. (ayol, 1997 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ laboranti)ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ka tuman sudining ish yurituviga kelib tushgan.

Ayni paytda jinoyat ishini ko‘rishni tayinlash masalasi o‘rganilmoqda.

11 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi “b” bandi va 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Ularning 10 tasiga “qamoqqa olish” va 1 tasiga “uy qamog‘i” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring