Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boshpanasiz shaxslarni vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlash tartibi belgilandi

Boshpanasiz shaxslarni vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlash tartibi belgilandi

Hukumatning 18-avgustdagi 447-son qarori bilan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Ichki ishlar organlari xodimlari va mahallada kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlar tomonidan ko‘cha, vokzal, bozor, yer osti yo‘laklari, yashash uchun mo‘ljallanmagan binolar va boshqa jamoat joylarida muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar aniqlanadi.

Voyaga yetgan shaxs Markazga joylashish uchun bevosita murojaat qilishi ham mumkin. Agar uning voyaga yetmagan farzandlari bo‘lsa, ular ham ota-onasi bilan birgalikda Markazga joylashtiriladi.

Markazga olib kelingan shaxs tuman yoki shahar darajasidagi tibbiyot muassasasining shoshilinch qabul bo‘limida tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Agar shaxsda Markazga joylashishga monelik qiluvchi shoshilinch tibbiy yordamga ehtiyoj yoki yuqumli kasalliklar aniqlanmasa, u Markazga qabul qilinadi.

Shaxs so‘rovnomani to‘ldirish orqali Markazga joylashish va uning ichki tartib-qoidalariga rioya qilishga roziligini bildiradi.

So‘rovnoma shakllantirilganidan keyin shaxs 7 kunga Markazga joylashtiriladi. Ayrim belgilangan holatlarda esa Markazda qolish muddati 6 oygacha uzaytirilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring