Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bo‘zsuv» kanalida oqib ketgan fuqaro qutqarib qolindi

«Bo‘zsuv» kanalida oqib ketgan fuqaro qutqarib qolindi

Foto: Videodan kadr

FVV qutqaruvchilari inson hayotini saqlab qoldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Bugun, 19-iyun kuni soat 13:00 atrofida Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi «Sharq» MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Bo‘zsuv» kanali qirg‘oq hududlarini o‘rganish va profilaktika qilish xizmatini olib borayotgan FVV qutqaruvchilari suv oqimida harakatsiz holda oqib ketayotgan fuqaroni ko‘rib qolishgan. Shu zahotiyoq, qutqaruvchilar zudlik bilan suvga sho‘ng‘ib fuqaroni qirg‘oqqa olib chiqishgan.

Hushsiz holatda bo‘lgan fuqaroga qutqaruvchilar voqea joyining o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi.

Aniqlanishicha, fuqaro o‘z ehtiyotsizligi oqibatida kanalga tushib ketgan. Suzishni bilmagani sababli esa kuchli suv oqimida oqib ketgan, deyiladi FVV xabarida. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring